Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi urinish yoxud YeChL finali oldidan repetitsiyami?

Ikkinchi urinish yoxud YeChL finali oldidan repetitsiyami?

Ertaga, 16 aprel kuni Angliya kubogining yarim final o‘yinlari boshlanadi. Unda «Manchester Siti» - «Liverpul» va «Chelsi» - «Kristal Pelas» (17 aprel) jamoalari final yo‘llanmasi uchun harakat qilishadi.

Bugun birinchi juftlikka ozroq to‘xtalib o‘tamiz. Bu ikki klub ayni paytda Angliya chempionatida bir-birini quvlashib kelmoqda, oralaridagi farq 1 ochko xolos. So‘nggi turda «shaharliklar» o‘z maydonida mersisaydliklarni qabul qildi va o‘yinda jangovar durang qayd etildi (2:2).

«Manchester Siti» YeChL chorak finalida qiyinchilik bilan «Atletiko»ni ortda qoldirdi. Agar klub chempionat, kubok va YeChLni yutib chiqsa, bu ular uchun haqiqiy tarixiy voqeaga aylanadi. Ammo Manchester jamoasi shu vaqtgacha YeChL finaliga yetib borolmaganini ham alohida qayd etish kerak. «Siti»ning oxirgi ikkita o‘yini durang bilan yakunlangan.

«Liverpul» ham so‘nggi ikki o‘yinda durang o‘ynadi. Yurgen Klopp shogirdlari Angliya chempionatida bir ochko farq bilan «Siti»dan ortda boryapti. YeChLda esa «Benfika»ni ortda qoldirib, yarim finalga chiqdi. Endi yarim finalda ularni «Bavariya»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Vilyarreal» kutib turibdi.

Angliya kubogi yarim finalidagi bu ikki klubning qarama-qarshiligi so‘nggi haftada ketma-ket ikkinchisi bo‘ladi. Bu gal g‘olib aniqlanishi shart. Agar shu taqlid o‘ynashda davom etishsa, jamoalar YeChL finalida o‘zaro to‘qnash kelishi ham mumkin.

Statistika

  • Jamoalar o‘zaro 189 ta o‘yin o‘tkazgan, 90 ta g‘alaba mersisaydliklarda, 51 ta durang va 48 ta g‘alaba «shaharliklar»da.
  • Angliya kubogida ular 7 marta uchrashishgan: 3 ta g‘alaba yana «Liverpul»da, 2 ta durang va 2 ta g‘alaba «Man. Siti»da.
  • Oxirgi 10 ta o‘yinda Manchester jamoasining qo‘li baland kelgan: 3 ta g‘alaba, 5 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring