Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya Superkubogi. Madrid derbisida «Real» finalga chiqdi

Ispaniya Superkubogi. Madrid derbisida «Real» finalga chiqdi

Ispaniya Superkubogining birinchi yarim finalida Madrid jamoalari bahs olib borishdi.

Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda «Real» ikki bor hisobda ortda borishiga qaramay, yakunda g‘alabani ilib ketdi.

Ispaniya Superkubogi. Yarimfinal

Real — Atletiko 5:3

Gollar: Ryudiger (20), Mendi (29), Karvaxal (85), Savich (116, avtogol), Dias (120+2) — Ermoso (6), Grizmann (37), Ryudiger (78, avtogol).

Real – Arrisabalaga, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi (Kamavinga, 81), Modrich (Kroos, 67), Valverde (Guler, 112), Tchuameni (Dias, 81), Bellinghem, Vinisis (Xoselu, 106), Rodrigo (Seballos, 106).

Atletiko – Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso, Lorente (Aspilikueta, 106), Koke (Galan, 104), Saul (Molina, 67), De Paul (Vitsel, 90), Grizmann, Morata (Korrea, 91), Lino (Rikelme, 67).

Bugun ikkinchi yarim finalda «Barselona» «Osasuna» bilan o‘ynaydi. Ushbu juftlik g‘olibi 14 yanvar kuni Anchelotti jamoasiga qarshi finalda bahslashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring