Ispaniya terma jamoasi sardori oilasi bag‘riga qaytdi
![Ispaniya terma jamoasi sardori oilasi bag‘riga qaytdi](http://static.xabar.uz/crop/4/2/720_460_95_4223322455.png)
Yevropa chempioni, ispaniyalik futbolchi Alvaro Morata oilasi bag‘riga qaytdi.
«Milan» klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi o‘tgan yil yozida yetti yillik turmush o‘rtog‘i Aliche Kampello bilan ajrashgan edi. Ularning to‘rt nafar farzandi bor.
O‘shanda ularning ajrashib ketishiga o‘zaro tushunmovchilik sabab bo‘lgani aytilgandi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, rafiqasi Morata bilan yana Italiyaga qaytishni istamagan (ispan futbolchisi «Yuventus»da ham to‘p surgan)
«Ular turli sabablar tufayli ajrashib ketishgandi, ammo endi hammasi o‘zgardi. Muhabbat barcha narsani yengishga qodir. Ular bir-birlariga ikkinchi imkoniyatni berishga qaror qilishdi», — deb yozdi jurnalist Xavyer de Oyos. Buni 28-yanvar kuni jurnalist bilan suhbatda Morataning o‘zi ham tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter