Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov baribir jang qiladigan bo‘ldi

Isroil Madrimov baribir jang qiladigan bo‘ldi

8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta prof boks oqshomi o‘tkaziladi.

Avvalroq, ushbu kechada ringga ko‘tarilishi lozim bo‘lgan hamyurtimiz Isroil Madrimovning tibbiy ko‘rik natijalari salbiy chiqqani va jang tashkil etilmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Isroil Madrimovning rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi chempionlik jangi baribir o‘tkaziladi.

Isroil Madrimov va uning jamoasi bugun Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, 8 mart kungi jang oqshomining asosiy to‘qnashuvida Entoni Joshua va Frensis Ngannu o‘zaro to‘qnash keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring