Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov bugun kamar uchun jang qiladi

Isroil Madrimov bugun kamar uchun jang qiladi

Bugun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan «Kingdom Arena» majmuasida katta professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Oqshomning markaziy jangi og‘ir vazn toifasi vakillari - boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, britaniyalik Entoni Joshua hamda kamerunlik sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu o‘rtasida kechadi.

Bu oqshomda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov WBA chempionlik kamari uchun rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi ringga chiqadi.

Boks oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Turnir DAZN platformasida translyasiya qilinadi.

Oqshomning asosiy kardi:

Entoni Joshua - Frensis Ngannu

Chjiley Chjan - Jozef Parker

Rey Vargas - Nik Boll

Isroil Madrimov - Magomed Kurbanov

Gevin Gvinn - Mark Chemberlen

Jastis Xuni - Kevin Lerena

Jek MakGann - Luis Grin

Roman Fyuri - Martin Svars

Ziyad Almaayuf - Kristian Lopes Flores

Andrey Novitskiy - Xuan Torres

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring