Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov chempionlik uchun rossiyalik bilan jang qiladi

Isroil Madrimov chempionlik uchun rossiyalik bilan jang qiladi

Birinchi o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov chempionlik jangini o‘tkazadi.

Ma’lum qilinishicha, 27 yanvar kuni o‘tishi lozim bo‘lgan WBA yo‘nalishidagi chempionlik jangida hamyurtimizga britaniyalik Jeyms Metkalf raqib bo‘lishi kerak edi. Biroq Metkalf jangni rad etgan. U gonorar miqdori unchalik katta bo‘lmagani uchun shunday qarorga kelganini aytgan.

Endi WBA yo‘nalishidagi majburiy da’vogar Isroil Madrimov jamoasi vakant kamar uchun jangga rossiyalik Magomed Kurbanov bilan kelishuvga erishgan. Chempionlik jangi sanasi tez orada rasman e’lon qilinadi.

Avvalroq to‘rt nafar o‘zbek bokschisi WBA reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring