Ivan Rakitich «Barselona»dan «Sevilya»ga qaytib ketishni istamoqda

«Barselona» klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich mavsum nihoyasida «Sevilya» jamoasiga qaytib ketishni istayapti. Bu haqda Sport.es nashriga asoslangan holda Uff.uz xabar berib o‘tdi.
Xabarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi «Sevilya»ga qaytish variantini eng ma’quli, deya e’tirof etgan. Garchi unga boshqa top-jamoalar qiziqayotgan va ko‘proq maosh taklif qilayotgan bo‘lsada.
Bu borada «Sevilya» jamoasi o‘z taklifini «Barsa»ga ma’lum qilgani aytilmoqda. Kataloniyaliklar allaqachon muzokara o‘tkazishga ham ulgurishdi.
Eslatib o‘tamiz, Rakitich 2011-2014 yillarda «Sevilya» sha’nini himoya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter