Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionatida hamyurtimiz Odiljon Aslonov ringga chiqmasdanoq g‘alaba qozondi

Jahon chempionatida hamyurtimiz Odiljon Aslonov ringga chiqmasdanoq g‘alaba qozondi

Foto: «Ufcboxuz»

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha JCh-2021 bahslarining 2-kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

-80 kg toifasida O‘zbekiston vakili Odiljon Aslonov bugun tanzaniyalik Yusuf Changalavega qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq afrikalik sportchi noma’lum sababga ko‘ra ringga chiqishdan bosh tortgan.

Natijada Aslonov 1/16 finalga yo‘l oldi. Uning bu bosqichdagi raqibi italiyalik Simone Fiori bo‘ladi.

Avvalroq -67 kg vaznda irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi ringga ko‘tarilgan farg‘onalik bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev g‘alaba qozongani haqida xabar bergandik.

Bugun, 26-oktyabr kuni jahon chempionatida yana ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

- 51 kg. Hasanboy Do‘smatov — Saken Bibosinov (Qozog‘iston) (21:00).

- 75 kg. Saidjamshid Jafarov — L.Ferneza (Slovakiya) (23:05dan keyin).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring