Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionatida qatnashayotgan kamerunlik to‘rt nafar gandbolchi qiz yo‘qolib qoldi

Jahon chempionatida qatnashayotgan kamerunlik to‘rt nafar gandbolchi qiz yo‘qolib qoldi

Foto: «Getty Images»

Ispaniya mezbonlik qilayotgan ayollar o‘rtasidagi gandbol bo‘yicha jahon chempionatida favqulodda hodisa yuz berdi. Kamerun terma jamoasining to‘rt nafar sportchisi yo‘qolib qoldi, deyiladi «Vesti» xabarida.

Payshanba, 9-dekabr tongida sportchilar koronavirus testini topshirishgan. Biroq kamerunlik Ameli Sevani Mvua, Appolin Mishel Abena Ekobena, Yasmin Yotchum va Jodel Klaris Majufang test topshirishga kelmagan. «Championat.com» yozishicha, bir kun avval kechki payt to‘rt qiz mehmonxonadan chiqib, taksiga o‘tirishgan va noma’lum yo‘nalishda ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan. Shundan beri ularni hech kim ko‘rmagan.

Kamerun terma jamoasi 3 dekabr kuni guruh bosqichida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynab, 18:40 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring