Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempioni rekord summaga APLga yo‘l olmoqda

Jahon chempioni rekord summaga APLga yo‘l olmoqda

Londonning «Chelsi» klubi argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olmoqda.

APL jamoasi 22 yoshli yarim himoyachi uchun «Benfika»ga 121 million yevro to‘laydi. Futbolchi bilan 2031 yilning yoziga qadar shartnoma imzolanadi. Klublar hozircha bu kelishuvni e’lon qilgani yo‘q.

105 million funt ingliz futboli uchun rekord xarid hisoblanadi. Bungacha rekord Jek Grilishning transferiga tegishli edi, futbolchi uchun «Manchester Siti» 100 million funt to‘lagandi.

Fernandes ushbu mavsumda «Benfika»da porlash bilan birga, Jahon chempionati kashfiyoti ham bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring