Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionligi uchun kurash boshlandi: Karlsen va Nepomnyashiy birinchi partiyani yakunlashdi

Jahon chempionligi uchun kurash boshlandi: Karlsen va Nepomnyashiy birinchi partiyani yakunlashdi

Foto: «Championat.com»

Dubayda shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy o‘rtasida yangi chempionni aniqlab beruvchi o‘yinlarga start berildi.

Birinchi partiyada durang qayd etildi: Nepomnyashiy oq, Karlsen qora donalarda o‘ynagan.

Ikkinchi partiya bugun, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.

Dubayda jami 14 partiya o‘tkaziladi, o‘yinlar klassik vaqt nazorati ostida: dastlabki 40 yurish uchun 120 daqiqa, keyingi 20 yurish uchun 60 daqiqa hamda partiya nihoyasiga qadar har bir yurishga 30 soniyadan qo‘shilgan 15 daqiqa.

14 partiyadan so‘ng g‘olib aniqlanmasa, tay-breyk belgilanadi, unda shaxmatchilar qisqartirilgan vaqt nazorati ostida to‘rt partiya o‘ynashadi, shunda ham kuchlar teng kelgan taqdirda mini-bellashuv — to‘rt partiyali blits kim zo‘rligini aniqlab beradi. Blitsda oqlarga besh daqiqalik ustunlik taqdim etiladi (qoralarga — to‘rt daqiqa), biroq oqlar albatta g‘alaba qozonishlari sharti qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring