Jahon futboliga eng katta ta’sir ko‘rsatgan murabbiylar ro‘yxati e’lon qilindi
Nufuzli FourFourTwo jurnali futbol taraqqiyotida eng katta iz qoldirgan murabbiylar ro‘yxatini tuzdi.
FourFourTwo ro‘yxatiga o‘z uslubi, falsafasi hamda ishiga umumiy yondashuvi bilan futbol taktikasini o‘zgartirgan jahon darajasida tanilgan 16 mutaxassis kiritildi.
Futbol tarixiga o‘z nomini yozgan golland afsonasi Yohan Kroyfning xizmatlari alohida e’tirof etildi. «Ayaks», «Barselona» va Niderlandiya terma jamoasi yulduzi 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida o‘z shogirdlari bilan ulkan zafarlar qozongan.
Ro‘yxatga «Manchester Yunayted»ni uzluksiz 27 yil boshqargan, Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi bosh murabbiy deb topilgan ser Aleks Fergyuson ham kiritildi.
1998/99 mavsumida Fergyuson jamoasi Yevropa maydonlarida «trebl»ga erishdi. Uning boshchiligida «qizil iblislar» APL 21 mavsumini kuchli uchlikda yakunlagan.
Yana bir niderland murabbiyi Rinus Mixelsning xizmatlariga katta baho berildi. «Ayaks» va Niderlandiya terma jamoasini futbol cho‘qqisiga olib chiqqan total futbol g‘oyasi aynan uning nomi bilan bog‘liq.
Mixelsning g‘oyasi zamonaviy futbolda ommalashib ketdi, bunga yaqqol misol — Hosep Gvardiola («Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti»).
FourFourTwo ekspertlari ro‘yxatga Hosep Gvardiola, Ralf Rangnik, Joze Mourinyu, Gerbert Chepmen, Valeriy Lobanovskiy, Arrigo Sakki va Arsen Vengerni ham kiritishdi.
Qizig‘i, «Real Madrid»ni boshqarib g‘alabali rekordlarni tinmay yangilayotgan Karlo Anchelotti bu ro‘yxatda yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter