Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonning eng kuchli tennischisi AQShga ham kiritilmayapti

Jahonning eng kuchli tennischisi AQShga ham kiritilmayapti

Foto: «Metronews»

Indian-Uellsdagi turnir (BNP Paribas Open) jahonning birinchi raqamli raketkasi Novak Jokovich ishtirokisiz o‘tishi mumkin. Serb tennischisiga Amerika vizasi berilmadi.

Koronavirusga qarshi emlanmaganlar AQSh hududiga kiritilmaydi. Novak Jokovich vaksinalarga qarshi, bundan keyin ham vaksina qabul qilmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Jokovich vaksina qabul qilmagani uchun Avstraliya ochiq chempionatiga qo‘yilmagandi.

«Vaziyat shundayki, men Indian-Uellsda o‘ynay olmayman. Buyog‘i nima bo‘ladi — bilmayman. Vaziyat bir necha haftada o‘zgarishi mumkin», — Jokovichdan iqtibos keltirdi «Sport-ekspress».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring