Jamshid Iskanderov tekinga «Lokomotiv»dan «Seongnam»ga o‘tdi

O‘tgan mavsumni Toshkentning «Lokomotiv» klubida o‘tkazgan yarim himoyachi Jamshid Iskanderov Janubiy Koreya jamoasi safiga qo‘shildi.
Iskanderov «K-Liga»da ishtirok etadigan «Seongnam» klubiga erkin agent sifatida o‘tdi va yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, «Seongnam» 2010 yil Osiyo chempioni bo‘lgan va o‘tgan mavsum «K-Liga»da 9-o‘rinni egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter