Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jasurbek Jaysunov Osiyo chempioni bo‘ldi

Jasurbek Jaysunov Osiyo chempioni bo‘ldi

Vetnamning Da Nang shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 26-Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

Unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz a’zosi Jasurbek Jaysunov (80 kg) Osiyo chempionligini rasmiylashtirdi. Hamyurtimiz final bahsida eronlik Ali Xushraveshdan ustun keldi va delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi.

Parij-2024 Olimpiadasi litsenzianti bo‘lgan Jasurbek Jaysunov uchun bu kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring