Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jasurbek Yaxshiboyev Moldova chempioni bo‘ldi

Jasurbek Yaxshiboyev Moldova chempioni bo‘ldi

Hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboyev o‘ynaydigan «Sherif» jamoasi milliy chempionatda muddatidan oldin chempion bo‘lgan.

«Sherif» kecha 26-tur doirasida «Dinamo-Avto» jamoasini yirik (3:0) hisobda mag‘lub etgan va muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirgan. Yaxshiboyev maydonga tushmagan.

Shu tariqa poytaxt jamoasi o‘z tarixida 20-marta chempionga aylangan. 1997 yilda tashkil topgan klub 39 ta turli darajadagi sovrinlarga ega chiqqan.

Jasur Yaxshiboyev Moldova chempionatiga 2021 yilda o‘tgandi. U Chempionlar ligasi guruh bosqichida Madridning nomdor «Real» darvozasiga gol urgan, o‘shanda tiraspolliklar Ispaniyadan g‘alaba bilan qaytgandi.

Ammo keyinchalik guruhda qolib, Yevropa ligasiga tushib ketgan. U yerda ham ishlari yurishmay, musobaqani yakunlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring