Javohirning Magnusga qarshi bahsi omadli boshlanmadi

Vayssenxaus shahrida o‘tkazilayotgan sovrin jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Uchinchi o‘rin uchun kechayotgan qarama-qarshilikda Sindorov tajribali Magnus Karlsen bilan hisob-kitob qilmoqda. Saralash bosqichidagi o‘zaro uchrashuvda Javohir nomdor raqibini mag‘lubiyatga uchrata olgandi. Biroq 3-o‘rin uchun bahsning ilk partiyasida yosh shaxmatchimiz oq donalarda o‘ynashiga qaramay, Magnusga imkoniyatni boy berdi.
5-o‘rin uchun kechayotgan bahsda Nodirbek Abdusattorov ham amerikalik Hikaru Nakamuraga yutqazib qo‘ydi. Reytingning uchinchi pog‘onasida borayotgan Hikaru qora donalarda harakat qilganiga qaramay, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bugun shaxmatchilar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvlar o‘tkaziladi va unda grossmeysterlarimiz qora donalarda vaziyatni o‘nglash uchun urinib ko‘rishadi.
Ma’lumot uchun, chempion 200 000, finalchi 140 000 dollarni qo‘lga kiritadi. Uchinchi o‘rin uchun 100 000, 5-o‘ringa esa 50 000 AQSh dollari miqdorida gonorar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter