Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazoir Afrika millatlar kubogini qo‘lga kiritdi

Jazoir Afrika millatlar kubogini qo‘lga kiritdi

Foto: «RT»

Jazoir milliy jamoasi Afrika millatlar kubogini qo‘lga kiritdi.

Qohirada o‘tgan finalda Jazoir — Senegal to‘qnashuvi 1:0 hisobida yakuniga yetdi.

O‘yin va kubok taqdirini hal qiluvchi gol uchrashuvning 2-daqiqasidayoq urildi. Bag‘dod Buneja tepgan to‘p raqib himoyachisining oyog‘iga tegib, parashyut usulida darvoza to‘riga borib tushdi.

Jazoirliklar o‘z tarixida ikkinchi marotaba qit’a kubogini eagallashdi.

Ilk marotaba 29 yil avval ular qit’ada tengsiz bo‘lishgan.

O‘yinning videotafsiloti ushbu havolada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring