JCh-2018 anonsi. Ronaldu marokashliklarga nechta gol uradi?
Bugun, 20-iyun kuni JCh-2018 musobaqasining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda ham bir qator qiziqarli uchrashuvlar bizni kutib turibdi. Jumladan, Ronaldu o‘zi ko‘p safar qiladigan mamlakat Marokashga qarshi maydonga tushadi. Portugaliya guruhda peshqadam bo‘lish uchun bu yaxshi imkoniyat.
Shuningdek, B guruhi peshqadami Eron termasi ispanlarga qarshi harakat qilsa, A guruhidagi Urugvay-Saudiya Arabistoni uchrashuvi hal qiluvchi o‘yinga aylanishi mumkin. Chunki Saloh boshchiligidagi Misr termasi uchun bu match natijasi juda ahamiyatli.
To‘purarlik bahsida esa Krishtianu Ronaldu va Denis Cherishev peshqadamlik qilmoqda. Kechagi o‘yindan keyin Cherishev portugalga yetib oldi, ammo bugun Ronaldu yana oldinga o‘tib ketish ehtimoli yuqori.
JCh-2018, 2-tur
A guruhi
Urugvay – Saudiya Arabistoni. Soat 20:00.
Hakam: Kleman Tyurpen (Fransiya).
B guruhi
Portugaliya – Marokash. Soat 17:00.
Hakam: Mark Geyger (AQSh).
Eron – Ispaniya. Soat 23:00.
Hakam: Andres Kunya (Urugvay).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter