Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Inglizlar Afrika vakillarini taslim qilishdi

JCh-2018. Inglizlar Afrika vakillarini taslim qilishdi

JCh-2018 musobaqasi G guruhi 1-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Tunis hamda Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. «Volgograd-Arena»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda Yevropa vakillarining qo‘li baland keldi.

Uchrashuv inglizlarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. Burchakdan uzatib berilgan to‘pni Jon Stouns boshi bilan darvozaga yo‘naltirdi, biroq to‘pni darvozabon bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Qaytgan to‘pni Harri Keyn yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

35-daqiqada Kayl Uoker o‘z jarima maydoni ichida raqibni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi, belgilangan penaltini Sassi aniq bajarib, muvozanatni tiklashga erishdi.

Ikkinchi bo‘limni jamoalar nisbatan sokin boshladilar, faqat so‘nggi daqiqalarga kelib Angliya bosimni oshirdi va bu o‘z foydasini ko‘rsatdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda burchak zarbasi ijro etildi: bu paytda himoyachilar tomonidan qarovsiz qoldirilgan Keyn boshi bilan to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirdi va jamoasiga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Belgiya terma jamoasi Panamani yirik hisobda mag‘lub etgandi. Shu tariqa, Angliya va Belgiya terma jamoalari guruh peshqadamligini bo‘lishib turishibdi.

JCh-2018, G guruhi

Tunis – Angliya 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 11 Keyn, 1:1 – 35, penalti Sassi, 1:2 – 90+1 Keyn.

Tunis: Assen (Ben-Mustafo, 15), Ben-Yussuf, Maalul, Bronn, Merya, Sliti (Ben-Amor, 74), Skiri, Xazri (Xalifa, 85), Sassi, Badri, Ben-Yussuf.

Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Loftus-Chik, 80), Lingard, Sterling (Reshford, 68), Xenderson, Tripper, Keyn.

Ogohlantirish: Uoker (33).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring