Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022 kashfiyoti «Liverpul»ga o‘tdi

JCh-2022 kashfiyoti «Liverpul»ga o‘tdi

«Liverpul» klubi PSV hujumchisi Kodi Gakpo transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Niderlandiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Kelishuv narxi 42 mln yevroni tashkil etmoqda, bu qiymat bonuslar hisobiga 57 mlnga yetishi ham mumkin.

23 yoshli niderlandiyalik bu mavsumda klublar miqyosida 20ta o‘yinda 13ta gol va 17ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Niderlandiya terma jamoasi safida esa JChda 5ta bahsda 3ta gol urib, turnir kashfiyotlaridan biri bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring