JCh-2026 saralashi: Qirg‘iziston Eronga yengildi, BAA Qatarni yanchib tashladi
Bugun JCh-2026 saralashi 6-turi doirasida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan Qirg‘iziston Eronni, BAA Qatarni qabul qildi.
Eron avvaliga Mehdi Toremiy, Soleh Hardaniyning ikki goli hisobiga oldinga chiqib oldi, so‘ngra Qirg‘iziston Kojoning dubli bilan muvozanatni tikladi. Yakunda Sardor Ozmun eronliklarga muhim uch ochkoni keltirgan golni kiritib, bahs taqdirini hal qildi. Eron 16 ochko bilan guruh peshqadamligini davom ettirmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar o‘rtasidagi o‘yinda durang qayd etilishi O‘zbekiston uchun eng maqbul natija bo‘lardi. Ammo Amirliklar bizni alamli mag‘lubiyatga uchratgan Qatarni yanchib tashladi — 5:0. BAA 10 ochko to‘plab O‘zbekistonning bevosita va xavfli ta’qibchisiga aylandi. Bugungi gollar seriyasidan keyin Amirliklar guruhdagi to‘plar nisbati eng yaxshi jamoa.
Mundialga borishni istasak, Amirliklar kabi g‘alaba qozonishimiz va aynan Amirliklarni yengishimiz shart — turnir jadvalidagi vaziyat shuni taqozo etmoqda.
Qirg‘iziston – Eron – 2:3
BAA – Qatar – 5:0
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter