Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2030 o‘yinlari Ukrainada ham o‘tishi mumkin

JCh-2030 o‘yinlari Ukrainada ham o‘tishi mumkin

Ispaniya va Portugaliya futbol federatsiyalari Ukrainani o‘zlarining 2030 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha rasmiy arizasiga qo‘shdi. Ukraina JCh guruh o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilishi mumkin.

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi rasmiylari bayonotida Pireney yarimorolining ikki davlati taklifi Yevropa futbolini qayta shakllantirish global loyihasida, «istisnoli vaziyat»dan kelib chiqib, UEFA tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

World Cup-2030 muvofiqlashtiruvchi komissiyasi Ukraining potensial ishtiroki ustida ishlayapti. Ukrainaning mezbon-mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shilishi «yo‘l xaritasi»ni o‘zgartirmaydi: Ispaniya — 11, Portugaliya — 3 stadioni bilan JChni o‘tkazadi.

Uch mamlakat nomzodi Ispaniya, Portugaliya va Ukraina hukumatlari va davlat rahbarlari tomonidan tasdiqlandi. «Jahon futbol oilasi tashabbusimizni qabul qilib, qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz», — deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring