Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jordanning eski krossovkasi rekord narxda sotildi

Jordanning eski krossovkasi rekord narxda sotildi

Foto: «VVS»

Olti karra NBA chempioni va ikki karra Olimpiya chempioni Maykl Jordanga tegishli bir juft Nike krossovkasi Christie’s auksionida 615 ming AQSh dollariga sotildi. Bu haqda VVS xabar berdi.

Ushbu krossovkani Jordan 1985 yili Italiyada ko‘rgazmali chiqishida kiygan.

Chicago Bulls yulduzining krossovkasi jamoasining an’anaviy libosiga mos rangda ishlangan — qizil, qora va oq.

Ushbu lot may oyida Jordanning krossovkasi sotilishi natijasida o‘rnatilgan rekordni yangiladi — o‘shanda debyut mavsumda o‘ynagan vaqtda kiygan basketbolchining poyabzali Sotheby’s auksionida $560 mingga pullangandi.

13 avgust kuni Jordanga tegishli 1996 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz S600 sotilishi e’lon qilindi. Avtomashinaning bahosi — $23 ming.

Maykl Jordan — olti karra NBA chempioni, ikki karra Olimpiya chempioni. U o‘zining sakrashlari, ayniqsa, havoda «muallaq» turib qolishlari bilan muxlislar orasida mashhur bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring