Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joshua Ngannuni chuqur nokautga uchratdi (video)

Joshua Ngannuni chuqur nokautga uchratdi (video)

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan boks oqshomining markaziy jangida britaniyalik bokschi g‘alaba qozondi.

Og‘ir vazn toifasida Entoni Joshua kamerunlik Frensis Ngannuga qarshi ringga chiqib, 2-raunddayoq uni chuqur nokautga uchratdi.

Shu tariqa Joshua 31-jangda 28-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ngannu esa o‘zining ikkinchi jangida ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha u Tayson Fyuriga ochkolar hisobida yengilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu boks oqshomida Isroil Madrimov jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring