Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karim Benzema «Al-Hilol»dagi debyutini het-trik bilan nishonladi

Karim Benzema «Al-Hilol»dagi debyutini het-trik bilan nishonladi

Saudiya Pro-ligasining 21-turida «Al-Ohdud»ga qarshi o‘yinda «Al-Hilol» 6:0 hisobida g‘alaba qozondi, gollarning uchtasi jamoaning debyutanti Karim Benzema hisobiga yozildi.

Fransiyalik yulduz yaqindagina Jiddaning «Al-Ittihod» klubini tark etib, Ar-Riyod grandi «Al-Hilol» safiga qo‘shilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi bilan 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

Ma’lumot uchun: Karim Benzema «Al-Ittihod» safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol kiritgan edi.

So‘nggi kunlarda Saudiya futbolida bo‘layotgan voqealar dunyo e’tiborini tortmoqda. Xususan, Benzema «Al-Ittihod» rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgani va shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifdan norozi bo‘lgani uchun klubdan ketgani aytilmoqda.

Benzemaning «Al-Hilol»ga o‘tishi hammadan ko‘p Krishtianu Ronalduning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ronalduga Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi «An-Nasr»ga qaraganda «Al-Hilol»ga ko‘proq imtiyoz berayotgani yoqmayapti va sovrinlardan quruq qolish o‘z imijiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda. Umuman olganda, Ronaldu so‘nggi o‘yinlarda na maydonda, na atrofida ko‘rindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring