Kilian Mbappega jiddiy ayblov qo‘yildi
Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Stokgolmda zo‘ravonlikda ayblangani haqidagi xabarga javob berib, ayblovlarni soxta deb atadi.
Mbappening so‘zlari futbolchining ijtimoiy tarmoqlariga asoslanib Eurofootball.ru nashri xabar bermoqda.
«Soxta xabar!», - deb yozdi bu haqda Mbappe.
Avvalroq Tv4 telekanali, jabrlanuvchi ayolga tayanib, Mbappega ayblov haqida xabar bergandi.
Tez orada Mbappe va Fransiyaning «PSJ» klubi o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha tinglov bo‘lib o‘tishi kerak. Futbolchi maosh va bonuslar bo‘yicha qarzlarini to‘lashni talab qilmoqda.
Mbappe va «Real» o‘rtasida shartnoma imzolangani 3 iyun kuni rasman e’lon qilingan edi. Hujumchi ispan grandiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Bungacha forvard 2017 yildan buyon o‘ynagan Fransiyaning «PSJ» klubida to‘p surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter