Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Braziliyaning «Fluminense» klubi Libertadores kubogida zafar quchib, turnirning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.
«Fluminense»dan tashqari, «Manchester Siti» (Angliya), «Leon» (Meksika), «Urava Red Daymonds» (Yaponiya), «Al-Ahli» (Misr), «Oklend Siti» (Yangi Zelandiya) va «Al-Ittihod» turnirda ishtirok etadi.
YeChL g‘olibi «Manchester Siti» turnirdagi ishtirokini yarimfinaldan boshlaydi. «Leon» — «Urava Red Daymonds» g‘olibi Angliya chempionlariga qarshi maydonga tushadi.
«Al-Ahli» -«Al-Ittihod»/«Oklend Siti» uchrashuvi g‘olibi esa yarimfinalda Libertadores kubogi sohibi «Fluminense» bilan ro‘baro‘ keladi.
Turnir Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 12-22 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Chempionatning amaldagi -olibi Madridning «Real» jamoasidir. Qirollik klubi shu yilning fevralida o‘tkazilgan musobaqa finalida «Al-Hilol»ni 5:3 hisobida mag‘lub etgandi.
Ma’lumot uchun, 2025 yildan ushbu turnirda 32ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter