Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konor Makgregor «Chelsi»ni sotib olmoqchi

Konor Makgregor «Chelsi»ni sotib olmoqchi

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor Londonning «Chelsi» klubini sotib olishga tayyorligini aytdi.

«Men 3 milliard funt sterlinglik taklifimni bildiraman», — deb yozgan Makgregor tvitterda.

«Ko‘klar»ning hozirgi egasi Roman Abramovich bo‘lib, u 2003-yilda «Chelsi»ni 140 million funtga sotib olgan.

O‘shandan beri London klubi besh marta Angliya Premer-ligasi (APL) chempioni bo‘ldi, ikki marta Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi, besh marta Angliya kubogi va uch marta Angliya Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Fevral oyida «ko‘klar» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Avvalroq, rossiyalik milliarder Roman Abramovich sanksiyalar qo‘llanilishi ortidan xorijdagi aktivlarini shoshilinch sotishga kirishgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring