Konor Makgregor: «Habib mendan qo‘rqadi. Ammo qochib qayerga ham borardi»
«Yengilgan — kurashga to‘ymas», deyishadi, aralash janglar bo‘yicha sobiq chempion Konor Makgregor abadiy raqibi — dog‘istonlik Habib Nurmagomedovni endi qo‘rqoqlikda ayblashga tushdi, aytishicha, Konorning 2018-yildagi alamli mag‘lubiyatidan so‘ng hamma revanshni ko‘rishni istayapti, bundan esa Nurmagomedov qo‘rquvga tushgan...
«U shunchaki qaltirayapti, Nurmagomedov revanshimizni, bunaqa jang o‘tkazilishini istamaydi. Habib mendan qo‘rqadi. Ammo biz yana uchrashishimizni hamma xohlamoqda. Buni UFC prezidenti Deyna Uayt ham, biz ham istayapmiz. U bu jangdan qochib qolishi mumkin, biroq yashirina olmaydi. Men u bilan yana uchrashishni istayman», — «MMA Fighting» sayti Konor Makgregordan ana shunday iqtibos keltirdi.
Makgregorning navbatdagi jangi 18-yanvarga belgilangan — oktagonda u Donald Serrone bilan to‘qnashadi, Habib Nurmagomedov esa 18-aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi jang o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter