Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu beshinchi bor Jahon chempionatiga boradi

Krishtianu Ronaldu beshinchi bor Jahon chempionatiga boradi

Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida yaqinda Italiyani kurashdan chiqarib yuborib, sensatsiya ko‘rsatgan Shimoliy Makedoniya terma jamoasini qabul qildi.

JCh-2022 yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda portugallar javobsiz ikki gol yo‘llab g‘alaba qozonishdi.

Shu tarzda, Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomidagi 5-Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. U 2006 yilgi JChdan beri mundiallarda qatnashib kelayotgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

Polsha terma jamoasi ham JCh saralashi pley-off bosqichi finalida Levandovski hamda Zelinskining gollari evaziga Shvetsiyani mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Afrika qit’asidan 5 terma jamoa JCh-2022 ga yo‘llanma oldi: Gana, Senegal, Tunis, Kamerun va Marokash. Saloh yetkachiligidagi Misr terma jamoasi JChga bormaydigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring