Krishtianu Ronaldu birinchi milliarder futbolchi bo‘ladi

Portugaliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu bu mavsum faoliyati davomida milliarderlikka erishgan ilk futbolchiga aylanadi, deb yozmoqda «Forbes».
U sportchilik faoliyati ortidan milliard yevro ishlagan uchinchi sportchi bo‘ladi.
Ungacha golfchi Tayger Vuds (2009-yil) va bokschi Floyd Meyvezer (2015-yil) milliarderga aylanishgan. Basketbolchi Maykl Jordan ham milliarder, faqat u faoliyatini tugatganidan keyin, 2015-yilda bu maqomga erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter