Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu futboldan qachon ketishi mumkinligi aytildi

Krishtianu Ronaldu futboldan qachon ketishi mumkinligi aytildi

Saudiyaning «Al-Nasr» klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduning sherigi Jorjina Rodriges futbolchi ikki yildan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi, deb xabar beradi Goal.com.

Jorjina Ronaldu yana bir yil, balki ikki yil o‘ynashini ma’lum qilgan, lekin u futbolchi sportni tark etadigan aniq muddatni ayta olmagan.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Ronaldu 20ta o‘yin o‘tkazib, 22ta gol urgan. «An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 53 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Al-Hilol» esa birinchi o‘rinda, «An-Nasr»dan 9 ochko oldinda.

Krishtianu Ronaldu 2023-yilning yanvaridan boshlab oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va «Al-Nasr» jamoasi hujumchisiga aylandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring