Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu Tojikistonga kelmaydi

Krishtianu Ronaldu Tojikistonga kelmaydi

Dunyo futboli yulduzlaridan biri, Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu «Istiqlol»ga qarshi o‘yin uchun Dushanbega kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

Saudiya jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida safarda Tojikiston chempioniga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 5-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlanadi.

«Bizga aytishlaricha, Ronaldu yengil jarohat olgan, «An Nasr»dagilar boshqa tafsilotlarni aytishmadi», – deya OAVga xabar bergan “Istiqlol” klubi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda portugaliyalik mashhur futbolchining Dushanbe kelish-kelmasligi haqidagi bahslar anchadan beri davom etib kelmoqda. Mamlakat futbol federatsiyasi Ronaldu «An-Nasr» klubi futbolchilari ro‘yxatidan joy olgani haqida xabar bergandi. Buning ortidan o‘yinga bo‘lgan qiziqish ortib ketgan.

«Istiqlol» – «An-Nasr» uchrashuvi rekord darajadagi qimmat o‘yinga aylanishi kutilmoqda. 100 somoniy qiymatidagi chiptalar allaqachon sotilib ketgan, 300 somoniy qiymatidagi chiptalar ham tugash arafasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring