Krishtianu Ronaldu yangi mavsumdagi bosh maqsadini aytdi

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelgusi mavsumda o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘yganini ma’lum qildi.
«O‘ylashimcha, har bir mavsum uchun maqsadlar doim bir xil: bor kuch bilan intilish va sovrinlarni yutish. Imkon bo‘lsa, shaxsiylarini ham. Biroq, mening bosh maqsadim — shundayligimcha, ushbu mavsumda ko‘rganingiz Krishtianu Ronalduligimcha qolish hamda «An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi bilan maqsadlarga yetish uchun bor kuchimni berish», — Ronaldudan iqtibos keltirdi Goal nashri.
39 yoshli Ronaldu «An-Nasr»da 2023-yil yanvaridan beri to‘p surmoqda. Jamoa bilan shartnomasi 2025-yil oxirigacha tuzilgan.
Ronaldu 2023/2024-yillar mavsumida «An-Nasr» safida barcha turnirlarda 45 marta maydonga tushib, 44 ta gol, 13 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas