Kumushxon Xodjayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi
![Kumushxon Xodjayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi](http://static.xabar.uz/crop/2/2/720_460_95_2270054342.jpg)
Kumushxon Xodjayeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medal sohibiga aylandi.
Paralimpiya o‘yinlarida o‘zining eng yaxshi natijasini yangilab ulgurgan O‘zbekiston delegatsiyasining tarixiy g‘alabalari yanada ko‘paymoqda. Para dzyudochimiz Kumushxon Xodjayeva J2 klassining -57 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz finalda yaponiyalik Junko Xirosega imkoniyatni boy berdi.
Ushbu g‘alabadan keyin hisobimizdagi medallar 9 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi. Oldinda yana bir qator hamyurtlarimiz medallar uchun kurash olib borishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter