Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kvaratsxeliya Gruziyada «Avliyo Georgiy» ordeni bilan taqdirlanadi

Kvaratsxeliya Gruziyada «Avliyo Georgiy» ordeni bilan taqdirlanadi

«Pari Sen-Jermen»ning gruziyalik futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasidagi g‘alabasi uchun «Avliyo Georgiy» ordeni bilan taqdirlashga tavsiya etildi. 

PSJ 31-may kuni turnirning hal qiluvchi o‘yinida «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi, Kvaratsxeliya ushbu uchrashuvda bitta gol urdi.

«Bizda shunday an’ana bor - sportchilarimiz yuksak marralarga erishsa, oliy davlat mukofotlari taqdim etamiz. Chempionlar Ligasidagi g‘alaba aynan shunday e’tirofga loyiq yutuq deb hisoblayman. Bu uning davlatdan oladigan juda munosib mukofoti, deb hisoblayman. Bu borada biz Gruziya prezidenti, parlament raisi bilan maslahatlashdik va bir ovozdan shunday qarorga keldik,» - deydi Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring