Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Levandovski yana Messini ortda qoldirdi

Levandovski yana Messini ortda qoldirdi

Futbol tarixi va statistikasi bo‘yicha xalqaro federatsiya (IFFHS) «Bavariya» jamoasi hujumchisi Robert Levandovskini 2021 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topdi.

Polshalik futbolchi jami 150 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rinni «PSJ» futbolchisi Lionel Messi 105 ochko bilan, uchinchi o‘rinni esa «Chelsi» futbolchisi Jorjino 40 ochko bilan egallagan.

Avvalroq Robert Levandovski Yevropa chempionlar ligasi tarixida 18 o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozongan ilk futbolchiga aylangan va Messi hamda Ronalduni bu borada ham ortda qoldirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring