Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Liverpul» YeChL finalida «Tottenxem»ni mag‘lub etdi

«Liverpul» YeChL finalida «Tottenxem»ni mag‘lub etdi

Yevropa chempionlar ligasida mavsum yakuniga yetdi. Final bahsida Angliyaning ikki jamoasi – «Liverpul» va «Totenxem» o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda «Liverpul»ning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalariyoq «Liverpul» uchun omadli boshlandi. Ilk daqiqada «Tottenxem» darvozasiga penalti belgilandi va 11 metrlik belgidan Muhammad Saloh aniq zarba yo‘lladi.

Shundan so‘ng «Tottenxem» vaziyatni o‘nglash uchun imkon qadar harakat qildi. Ammo «Liverpul» himoyasi ishonchli o‘yin namoyish qildi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan vaqtda esa Origi mersisaydliklarning ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa «Liverpul» Yevropa chempionlar ligasida g‘alabaga erishdi.

YeChL, final
Madrid, «Vanda Metropolitano»
«Tottenxem»– «Liverpul» 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 - 2, penalti Saloh, 0:2 - 87 Origi.
«Tottenxem» – Loris, Tripper, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Sissoko (Dayer, 74), Uinks (Moura, 66), Eriksen, Alli (Lorente, 82), Son Xon Min, Keyn.
«Liverpul» – Alisson, Aleksandr-Arnold, van Deyk, Matip, Robertson, Fabino, Xenderson, Veynaldum (Milner, 62), Mane (Gomes, 89), Saloh, Firmino (Origi, 58).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring