Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Liverpul» o‘z tarixida bo‘lmagan ishni uddaladi

«Liverpul» o‘z tarixida bo‘lmagan ishni uddaladi

Foto: «Football.ua»

Angliya chempionati (APL)ning 18-turida qoldirilgan uchrashuvini o‘tkazgan «Liverpul» klubi «Vest Hem Yunayted» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Diov Origiga qarshi ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Keyin, 52-daqiqada Saloh oshirib bergan aniq uzatmani yarimhimoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen raqib darvozasiga joylab, oradagi farqni ikki baravar oshirdi.

Joriy mavsumda «Liverpul» APLning barcha jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Bunaqasi klub tarixida birinchi marta yuz berishi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring