Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Liverpul» Premer-Liga chempionligini qachon rasman qo‘lga kiritadi?

«Liverpul» Premer-Liga chempionligini qachon rasman qo‘lga kiritadi?

2020-yilda «Liverpul» 30 yillik tanaffusdan keyingi chempionlikni pandemiya sabab muxlislarsiz nishonlagandi. Bu safar esa Mersisaydda «haqiqiy bayram» bo‘lishi kutilyapti.

Ayni paytda jamoa Arne Slot boshchiligidagi «Liverpul» APLda ikkinchi o‘rindagi «Arsenal»dan 13 ochko oldinda va chempionlikka juda yaqin turibdi. Hozirgi paytda savol «chempion bo‘ladimi?» emas, «qaysi kuni chempion bo‘ladi?» degan savolga aylangan.

Chempionat tugashiga faqat 6 tur qoldi. Bu deyarli hammasi hal bo‘lganini anglatadi.

Jamoa qachon chempion bo‘lishi mumkin? Ehtimoliy sanalarni ko‘rib chiqamiz:

1. 20-aprel (yakshanba).

19-aprel kuni «Arsenal» «Ipsvich»ga yutqazsa

20-aprel kuni «Liverpul» «Lester»ni yutsa

Bu natijalar «Liverpul»ning chempionligini rasman ta’minlaydi.

Lekin buning ehtimoli past.

2. 23-aprel (chorashanba).

«Arsenal» «Kristal Pelas»ga yutqazsa

«Liverpul» o‘sha kuni o‘yin o‘tkazmasa ham, chempion bo‘ladi.

Bu tahmin «Arsenalning» hamshaharlari bilan o‘yindagi natijasiga bog‘liq.

3. 27-aprel (yakshanba).

«Liverpul» bu o‘yingacha 2 ta o‘yinda g‘alaba qozonsa, «Tottenxem»ga qarshi uchrashuvdagi yutuq bilan chempionlikni rasman qo‘lga kiritadi.

O‘z maydonida, muxlislar ko‘z o‘ngida, ehtimol eng katta bayram shu kuni bo‘ladi.

4. 11-may.

Agar «Liverpul» ushbu turgacha ochko yo‘qotsa va «Arsenal» ochko yo‘qotmasa, chempionlik «Liverpul – Arsenal» o‘yinida hal bo‘lishi mumkin

Ammo bunday bo‘lishi qiyin.

5. 18- yoki 25-may.

Agar ishlar cho‘zilsa, chempionlik «Brayton» yoki «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda hal bo‘lishi mumkin

Ammo bu variantlarning ehtimoli juda past.

Xulosa:

«Liverpulning» chempion bo‘lishi uchun eng katta imkoniyat —

27-aprel (yakshanba kuni), «Tottenxem»ni yutsa, rasman chempion!

Shuningdek, 23-aprel kuni ham «Arsenal» mag‘lub bo‘lsa, «Liverpul» chempion bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring