Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lyubinko Drulovich BAAga qarshi o‘yin oldidan: «Chempionlikni himoya qilish oson emas»

Lyubinko Drulovich BAAga qarshi o‘yin oldidan: «Chempionlikni himoya qilish oson emas»

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionatining chorak finalida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA bilan kuch sinashadi.

Mazkur bellashuvdan bir kun oldin jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich ertangi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

— Bizni katta o‘yin kutmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida BAA kuchli harakat qilgan va g‘alaba qozongandi. Raqibga nisbatan tiklanishga vaqtimiz ko‘proq bo‘ldi. Biz orzuimiz Olimpiada o‘yinlari sari intilishda davom etamiz.

Bizda avvalgi turnirda ishtirok etgan 8 nafar futbolchi bor. Ularning tajribasi ko‘proq. Biroq bu safargi turnir Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechmoqda. O‘yinlar og‘ir bo‘lyapti, hamma jamoada motivatsiya yuqori. Chempionlikni himoya qilish oson emas.

Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvdan keyin men aytgandim: biz turnir yetakchilari bilan o‘ynadik va guruhdan chiqdik. Bu esa oson kechgani yo‘q. Biz bu safar kuchimizni to‘liq tiklashimizga ishonchim komil. BAAga qarshi uchrashuvgacha jismoniy holatimiz yaxshilanadi.

Bellashuvlar juda keskin o‘tdi. Bitta gol farqi ko‘p uchrashuv masalasini hal qildi. Yaponiya, Eron, Iroq, Qatar kabi kuchlilar esa guruhda qiyinchilikka duch kelishdi. Ayni vaqtda turnirda 8 ta eng kuchli terma jamoa qoldi. Buyog‘iga o‘yinlarni kichik detallar ham hal qilib qo‘yadi, — dedi Drulovich. 

Eslatib o‘tamiz, BAA — O‘zbekiston uchrashuvi 19-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring