Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madrid derbisida hisob «Barselona» foydasiga hal bo‘ldi (video)

Madrid derbisida hisob «Barselona» foydasiga hal bo‘ldi (video)

Foto: «Laliga.es»

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Real» o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi golsiz yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi taymda jamoalar bittadan gol almashishdi.

O‘yinning 53-daqiqasidaBeyl oshirib bergan to‘pni Krishtianu Ronaldu chiroyli zarba bilan Oblak darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu portugaliyalik futbol yulduzining faoliyatidagi 650-goli bo‘ldi. Biroq, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Grizmann hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.

Shu tariqa La Ligada «Barselona» ortidan borayotgan ikki jamoa ham ochko yo‘qotishdi va endi «Atletiko» va peshqadam o‘rtasidagi ochkolar farqi 11 ochkoga yetdi. Uchinchi o‘rinda borayotgan «Real» esa «Barsa»dan 15 ochko ortda qolyapti.

La-Liga. 31-tur.

Real Madrid – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 53 Ronaldu, 1:1 – 57 Grizmann.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Modrich, 72), Kroos, Asensio (Isko, 72), Vaskes, Beyl, Ronaldu (Benzema, 64).

Atletiko – Oblak, Savich, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Vitolo (Korrea, 61), Parti (Gameyro, 82), Saul, Koke, Grizmann, Diyego Kosta (Gabi, 71).

Ogohlantirishlar:Kroos (14), Vitolo (17), Parti (34), Vaskes (88), Lyuka Ernandes (89).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring