Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madrid hayratda! «Barselona» «Bernabeu»da «Real»ni tor-mor keltirdi

Madrid hayratda! «Barselona» «Bernabeu»da «Real»ni tor-mor keltirdi

Foto: «Twitter.com»

Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan va butun dunyo e’tiborini o‘ziga tortgan «Real» Madrid hamda «Barselona» klublari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv yakunlandi. Unda mehmonlar ishonchli tarzda g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limi nisbatan teng kurashla ostida kechdi, har ikki jamoa ham himoya va hujumni joyiga qo‘yishdi. Natijada hisob 0:0 bo‘lib, jamoalar taymni yakunlashdi.

Ikkinchi bo‘limning boshidanoq kataloniyaliklar o‘yinni nazorat qilib, tinimsiz bosim uyushtirishdi. bu esa samara berib, 54-daqiqada Suares hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Messi penaltidan hisobni oshirdi. Bu paytda Karvaxal qo‘l bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi.

O‘yin so‘ngida zaxiradan tushgan Vidal hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi. Shu bilan «Barselona» musobaqa jadvalida yetakchilikni davom ettiradi, «Real» esa 2-3-o‘rinlar uchun yana kurashga qo‘shiladi.

La-liga, 17-tur
«Real» — «Barselona» - 0:3
Gollar: Suares, 54. Messi, 64 (pen.). Vidal, 90+3
«Real» Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich, Kazemiro, Modrich, Kroos, Benzema, Ronaldu.
«Barselona»: ter Shtegen, Vermalen, Pike, Alba, Paulino, Serxi Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Messi, Suares.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring