Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madriddagi drama yoxud Pep Gvardiolaning ushalmas orzusi

Madriddagi drama yoxud Pep Gvardiolaning ushalmas orzusi

Yevropa chempionlar ligasi yarim final o‘yinlari yakunlandi. So‘nggi uchrashuvda «Real Madrid» jamoasi o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi.

Birinchi o‘yindan farqli ravishda uchrashuv mezbonlar hujumlari bilan boshlandi, ammo tezkor gol kiritilmadi. Umuman, hisob 73-daqiqada ochildi. Aslida g‘alaba madridliklar uchun zarur edi.

Hammasi yaxshi ketayotgandi, toki madridliklar zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tushirmaguncha... O‘yin taqdirini esa aynan ular hal qilishdi. Rodrigoning 2 daqiqada kiritgan 2 ta goli «Real»ni ekstra taymlarga olib chiqdi. Ruhiy ustunlik bilan ekstra taymlarni boshlagan Madrid jamoasi esa g‘alabani ilib ketdi.

O‘yin qahramonlaridan biri Rodrigo

G‘alabasiga deyarli ishonib qolgan Gvardiola Mahrez va Bryuyne kabi futbolchilarni vaqtli almashtirib yuborgani uchun kamida yana bir yil afsus qiladi. Shu tariqa Xosep Gvardiolaning «Man. Siti»si yana YeChL finaliga yo‘l olmadi. Bu Gvardiolaning shu jamoadagi ushalmas orzusi bo‘lib turibdi.

Endi futbol muxlislari finalda «Liverpul» - «Real Madrid» juftligiga guvoh bo‘lishadi. Esingizda bo‘lsa, kecha mersisaydliklar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Final o‘yini 28 may kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

YeChL, yarim final, javob o‘yini

Real Madrid - Manchester Siti 3:1
Gollar: Mahrez, 73 (0:1). Rodrigo 90 (1:1). Rodrigo 90+1 (2:1). Benzema 95 penaltidan (3:1)
4 may. Madrid. «Santyago Bernabeu».
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya).

Birinchi o‘yin: 3:4

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring