Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Magnus Karlsen taxtni bo‘shatdi. Shaxmat bo‘yicha jahonning 17-chempioni aniqlandi  

Magnus Karlsen taxtni bo‘shatdi. Shaxmat bo‘yicha jahonning 17-chempioni aniqlandi  

2013  yildan buyon jahon chempionligini o‘zida saqlab kelgan Magnus Karlsen bu unvonni himoya qilishdan voz kechgandi.

Shundan keyin chempion jahon reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallab turgan rossiyalik Yan Nepomnyashchiy va xitoylik Ding Lijen chempionlik toji uchun kurashdi.

Shu yilning 9 aprelida boshlangan bahsning asosiy qismi 14 partiyadan iborat bo‘ldi va 7:7 hisobida yakunlandi. G‘olib 30 aprel kuni tashkil etilgan tay-breykda aniqlandi.

Tezkor shaxmat bo‘yicha to‘rt partiya o‘ynalgan tay-breykda dastlabki uch bahsda durang qayd etildi, to‘rtinchisida esa oq donalarda o‘ynagan Nepomnyashchiy yutqazib qo‘ydi. Shu tarzda Ding Lijen tarixdagi 17-jahon chempioni bo‘ldi. Shuningdek u Xitoydan bo‘lgan ilk chempionga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring