Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti» Holand uchun «aql bovar qilmas» maosh to‘lamoqchi

«Manchester Siti» Holand uchun «aql bovar qilmas» maosh to‘lamoqchi

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi hujumchi Erling Holand uchun aql bovar qilmas maosh taklif etgan. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi Angliyaga o‘tishga yaqin turibdi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, «shaharliklar» «Borussiya» o‘yinchisi uchun 5 yillik shartnoma va yiliga 30 mln. yevrolik maosh taklif qilgan.

Shuningdek, ingliz jamoasi futbolchi shartnomasida ko‘rsatilgan 75 mln. yevrolik tovon pulini ham to‘lashga tayyorligi aytilgan.

Erling Holandga xaridorlar ko‘p va uning qaysi klubga o‘tishi haligacha aniq emas. Xususan, futbolchining «Barselona» va «Real Madrid»ga o‘tishi haqidagi gaplar anchadan beri urchib yuradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring