Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MS», «PSJ» yoki «Yuventus»? Pol Pogba qaysi biriga o‘tishi aniq bo‘ldi

«MS», «PSJ» yoki «Yuventus»? Pol Pogba qaysi biriga o‘tishi aniq bo‘ldi

Foto: «Caliber»

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbaning jamoa bilan shartnomasi shu mavsum oxirida tugaydi va u Angliyada qolmoqchi emas.

Fransuz futbolchisi yana «Yuventus» safiga qaytmoqchi, «Football Transfers» yozishicha, u turinliklar bilan muzokara o‘tkazgan.

Manbalarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun «PSJ» jiddiy tayyorlanayotgandi, qolaversa, Manchesterning yana bir jamoasi — «Siti» uni erkin agent sifatida o‘z safida ko‘rishni istayotgandi. Pogbaning o‘zi ham «MS» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan ishlashga qiziqishi borligini yashirmagandi.

Pogba eng yaxshi o‘yinlarini «Yuventus»da o‘tkazgan, o‘sha nostalgiya uning qaroriga ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi ham mumkin. Turinliklar unga bir mavsumga uzaytirish sharti bilan to‘rt yillik shartnoma taklif qilishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring