Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» darvozaboni De Xea o‘rnatgan rekordi uchun kechirim so‘radi

«Manchester Yunayted» darvozaboni De Xea o‘rnatgan rekordi uchun kechirim so‘radi

Foto: «Carrick.ru»

«Manchester Yunayted» posboni David de Xea Angliya Premer-ligasining 34-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng (3:0) klub safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik maqomiga ega bo‘ldi. Va buning uchun kechirim so‘radi...

De Xea manikunianliklar safida 399-o‘yinini o‘tkazdi va daniyalik Peter Shmeyxelning natijasini (398 o‘yin) yangiladi. Shmeyxel klub safida 1990-yillarda o‘ynagan.

«Shmeyxeldan kechirim so‘rayman. Ammo natijamdan faxrlanaman», — dedi golkiper klub saytiga bergan intervyusida. — «Klubda shuncha o‘yin o‘tkazganimdan xursandman. «Yunayted» safida yana 400 ta o‘yin o‘tkazishga umid qilaman».

Eslatib o‘tamiz, De Xea «Manchester Yunayted» safiga 2011-yilda kelib qo‘shilgan. O‘tgan yillar davomida klub bilan yettita sovrin yutgan, bular orasida Angliya chempionligi va kubogi, Yevropa ligasi g‘olibligi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring