Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» sobiq yulduzi shoshilinch shifoxonaga yotqizildi

«Manchester Yunayted» sobiq yulduzi shoshilinch shifoxonaga yotqizildi

«Manchester Yunayted» va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Karlos Teves ko‘krak qafasidagi og‘riq tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli Teves hozir Buenos-Ayresdagi kasalxonada davolanmoqda. Teves yaqin atrofdagi boshqa shifoxonada qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tishi kerak.

Futbolchi sifatida Teves o‘z vatanida «Boka Xuniors», shuningdek, Braziliyaning «Korintians», «Vest Xem», «Manchester Siti» va «Yuventus» klublarida to‘p surgan.

Hujumchi Argentinaning besh karra chempioni, shuningdek, Braziliya chempioni, uch karra Angliya chempioni («Manchester Yunayted» bilan ikki marta va «Man Siti» bilan bir marta), Italiyaning ikki karra chempioni sanaladi.

Argentina terma jamoasi tarkibida forvard 2004 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring